Maqsad va vazifalar

Bizni harakatga keltiruvchi missiya, har kuni bajaradigan vazifalarimiz va maktabimiz tayanadigan qadriyatlar.

Bizning missiyamiz

Texnologik bilimlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirgan, raqamli dunyoda mas’uliyat bilan harakatlana oladigan, halollik, adolat va insonparvarlik tamoyillariga sodiq, global fikrlaydigan avlodni voyaga yetkazishdir.

Nima qilamiz

Bizning vazifamiz

01

Chuqur IT bilim

O‘quvchilarga dasturlash, sun’iy intellekt, robototexnika, kiberxavfsizlik, grafik dizayn va boshqa IT yo‘nalishlarida chuqur, tizimli va amaliy bilim berish.

02

Olimpiada va startaplar

O‘quvchilarni xalqaro IT olimpiadalari, startap loyihalar va real amaliyotga tayyorlash.

03

Raqamli madaniyat

Raqamli savodxonlik (digital literacy) va mas’uliyatli raqamli fuqarolik madaniyatini shakllantirish.

Bizni birlashtiradi

Bizning qadriyatlarimiz

Ilm

Eng oliy qadriyat

Halollik

Ta’lim poydevori

Hurmat

Muhit mezoni

Intizom

Muvaffaqiyat kaliti

Innovatsiya

Taraqqiyot asosi

Vatan

Sajdagoh kabi muqaddas!

Laboratoriya mashg‘ulotidagi o‘quvchilar

Sifat mezonimiz

Yuqori sifatli ta’lim bu

O‘quvchilarga aniq va IT (AT) fanlari bo‘yicha chuqur va sifatli bilim berish, ularning mantiqiy fikrlashi hamda muammolarni mustaqil tahlil qilib yecha olish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Zamonaviy texnologiyalar va amaliy yondashuvlar asosida o‘quvchilarni kelajakda oliy ta’lim va kasbiy faoliyatda raqobatbardosh shaxs sifatida tayyorlash.

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.