Ro‘yxatdan o‘ting
ariza.piima.uz portaliga kiring va JSHSHIR (14 raqamli shaxsiy identifikatsiya raqami) orqali shaxsingizni tasdiqlang.
Al-Xorazmiy maktabiga qabul jarayoni haqida to‘liq ma’lumot
2026/2027 o‘quv yiliga qabul · hozircha yopiq
Hujjatlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining ariza.piima.uz portali yoki my.gov.uz orqali onlayn qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun maktabga kelish shart emas — hammasini uydan turib bajarish mumkin.
5-sinfga qabul
4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar uchun
Mutlaqo bepul
Ariza ham, imtihon ham to‘lovsiz
Onlayn
Maktabga borish shart emas
40 ta topshiriq
Matematika va ingliz tili testi
Ariza jarayoni
Maktabimizga 5-sinfga qabul tanlov asosida amalga oshiriladi. Ariza onlayn topshiriladi, so‘ngra kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
ariza.piima.uz portaliga kiring va JSHSHIR (14 raqamli shaxsiy identifikatsiya raqami) orqali shaxsingizni tasdiqlang.
Farzandingizni JSHSHIR yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma orqali tizimga qo‘shing.
Maktab turi sifatida “Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar”ni, so‘ngra Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Andijon filialini tanlang.
Hujjatlarni yuklang, ma’lumotlarni tekshiring va arizani yuboring. Ariza holati shaxsiy kabinetda ko‘rinadi.
Ariza topshirish va kirish imtihonida qatnashish mutlaqo bepul. Hech kimga pul to‘lamang va hujjatlaringizni vositachilarga bermang. Rasmiy portal — ariza.piima.uz, boshqa saytlar orqali ariza qabul qilinmaydi.
Savollar bo‘lsa, Agentlik call-markazi: 1206
Tanlov
Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfga qabul uchun imtihon bir bosqichda, test shaklida o‘tkaziladi.
Yakuniy natija ikki bo‘limda to‘plangan umumiy ball asosida belgilanadi.
Imtihon bir bosqichda, test shaklida o‘tkaziladi.
Imtihon sanasi, vaqti va manzili SMS orqali yuboriladi hamda imtihondan kamida 3 kun oldin shaxsiy kabinetdagi ruxsatnomada ko‘rsatiladi.
Natijalar imtihondan keyingi 20 kun ichida e’lon qilinadi. Norozi bo‘lsangiz, 3 ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish mumkin.
15.05.2026
Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi
04.06.2026
Ro‘yxatdan o‘tish yakuni
04.07.2026
Kirish imtihoni
19.08.2026
Natijalar e’loni
Sanalar Agentlik tomonidan belgilanadi va o‘zgarishi mumkin — eng aniq ma’lumot ariza.piima.uz portalida e’lon qilinadi.
Ariza blankasi
To‘ldirilgan ariza blankasi
Tug‘ilganlik guvohnomasi nusxasi
Maktabimizga qabul ariza.piima.uz portali orqali amalga oshiriladi. Nomzodlar dastlab portalda ro‘yxatdan o‘tib hujjat topshiradilar, so‘ngra kirish test sinovlarida ishtirok etadilar. Test natijalari e’lon qilingach, o‘quvchilar to‘plagan ballari bo‘yicha saralanadi va bo‘sh o‘rinlar shu ketma-ketlik asosida to‘ldiriladi.
Kirish imtihonlari asosan 5-sinfga qabul uchun o‘tkaziladi. Test ikki bo‘limdan iborat: matematika bo‘limida 25 ta savol va ingliz tili bo‘limida 15 ta savol beriladi. Yakuniy natija to‘plangan umumiy ball asosida belgilanadi.
Ha, albatta. Maktabimiz 222 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy yotoqxonaga ega. Uzoq tumanlardan qatnaydigan o‘quvchilar yotoqxona bilan to‘liq ta’minlanadi va ular uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Yo‘q. Maktabimiz ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarkibiga kirgani sababli o‘qish mutlaqo bepul — hech qanday to‘lov olinmaydi. Bundan tashqari, qatnab o‘qiydigan o‘quvchilar kuniga 2 mahal, yotoqxonada yashovchi o‘quvchilar esa kuniga 4 mahal bepul ovqat bilan ta’minlanadi.
Maktabimizga har yili asosan 5-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi. Shuningdek, yuqori sinflarda bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lsa, o‘sha o‘rinlar uchun ham alohida kirish imtihonlari e’lon qilinadi va o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
Arizani ariza.piima.uz portalida to‘ldiring. Qabul jarayoni bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, maktab bilan bog‘laning — yordam beramiz.
AI yordamchi
Onlayn