“Nauka 0+” festivalida o‘quvchilarimiz I darajali diplomlarni qo‘lga kiritdi
Toshkentda o‘tkazilgan “Nauka 0+” ilmiy loyihalar festivalida 300 dan ortiq loyiha orasidan o‘quvchilarimiz I va III darajali diplomlar hamda sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
Maktabimiz o‘quvchilari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Nauka 0+” ilmiy loyihalar festivalida munosib ishtirok etib, katta muvaffaqiyatga erishdilar!
Respublika bo‘yicha taqdim etilgan 300 dan ortiq loyiha orasidan maktabimiz o‘quvchilari g‘oliblar safidan joy oldilar:
2 nafar 11-sinf o‘quvchimiz — I darajali diplom;
2 nafar 11-sinf o‘quvchimiz — III darajali diplom;
2 nafar 9-sinf o‘quvchimiz — faol ishtiroki uchun sertifikat.
I darajali diplomlar EdTech loyihasi uchun Xoshimjonov Oyatillo va Baxtiyorov Faxriddinga topshirildi. Loyihalar rahbari Nodirbek Ro‘ziyev ham I darajali diplom bilan taqdirlandi. Festivalning “Kelajak olimlari” tanlovi 6–8-noyabr kunlari M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yutuq o‘quvchilarimizning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi, izlanishlari va ustozlar mehnatining yorqin namunasidir.
Barcha g‘oliblarimizni, ularning ota-onalari hamda loyiha rahbarini samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ilmiy izlanishlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Biz yosh ixtirochilarimiz bilan faxrlanamiz!