Navbatdagi “Speech Time” tadbiri yangi haftaga ko‘tarinki kayfiyat bilan
Maktabimizda navbatdagi “Speech Time” tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan tantanali tarzda boshlandi.
Tadbir davomida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.Isajonov o‘quvchilarni yangi hafta boshlanishi bilan samimiy muborakbod etib, ularga o‘qishlarida omad, muvaffaqiyat va yuqori natijalar tiladilar. Shuningdek, o‘quvchilar hafta davomida amalga oshiriladigan muhim tadbir va rejalar bilan tanishtirildi.
Tadbirning keyingi qismida 10-“A” sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan qiziqarli va kreativ o‘yinlar tashkil etilib, o‘quvchilar o‘rtasida turli savol-javoblar o‘tkazildi. Faol ishtirokchilar o‘z bilim va topqirliklarini namoyon etdilar.
“Speech Time” — yangi haftani yaxshi kayfiyat, foydali ma’lumotlar va ko‘tarinki ruhda boshlash uchun ajoyib imkoniyat!
Yangi hafta — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va yangi g‘alabalar sari!