Maktab yangiliklari editMaktab matbuot xizmati

2026-2027-o'quv yilining 1-son pedagogik kengashi

2026-2027-o'quv yilining 1-son pedagogik kengashi

Maktabda yangi o'quv yiliga mo'ljallangan 1-son pedagogik kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Andijon filialida 2026–2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan 1-son pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Pedagogik kengashda maktabning barcha fan o‘qituvchilari ishtirok etdi. Yig‘ilishga maktab direktori R.Abduraximov boshchiligida maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.Isajonov hamda maktab maslahatchisi F.Qodirova tomonidan masalalar yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

📝 KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:

1⃣ 2025–2026-o‘quv yili yakunlari, erishilgan natijalar va kamchiliklar tahlili.

2⃣ Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida yangi o‘quv yilini boshlash hamda “Kelajak soati” darslarining sermazmun o‘tilishini ta’minlash.

3⃣ Maktabning 2026–2027-o‘quv yili uchun ish rejasi, o‘quv rejasi va dars taqsimotini tasdiqlash, maktabga o‘quvchilarni qabul qilish hamda fanlarda o‘quv dasturlarining ijrosi bo‘yicha pedagog xodimlarning oldida turgan dolzarb vazifalar.

4⃣ 2026–2027-o‘quv yili uchun o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlash, sinf rahbarlarini va metodik birlashma rahbarlarini tayinlash, o‘qituvchi va o‘quvchilarning dars jarayoniga tayyorgarligi masalalari.

Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirish, pedagoglar oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilash hamda o‘quvchilarga munosib ta’lim-tarbiya berish borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.

Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi marralar va yangi g‘alabalar sari!

Fotolavha

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.