Maktab yangiliklari editMaktab matbuot xizmati

Abduraximov Ravshanbek maktabimiz ijrochi direktori etib tayinlandi

Abduraximov Ravshanbek maktabimiz ijrochi direktori etib tayinlandi

Agentlik direktorining buyrug‘i bilan Abduraximov Ravshanbek Rustamjon o‘g‘li maktabimizga ijrochi direktor etib tayinlandi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Abduraximov Ravshanbek Rustamjon o‘g‘li Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialiga ijrochi direktor etib tayinlandi.

Abduraximov Ravshanbek Rustamjon o‘g‘li bundan avval mazkur maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, shuningdek, direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Yangi lavozimda unga mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirish yo‘lida samarali mehnat tilaymiz!

Yangi lavozim muborak bo‘lsin!

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.