Maktabimizning rasmiy veb-sayti ishga tushdi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialining rasmiy veb-sayti — alxorazmiyandijon.uz ishga tushdi.
Maktabimiz o‘zining yangi rasmiy veb-saytini ishga tushirdi: alxorazmiyandijon.uz.
Endi maktabimiz haqidagi eng so‘nggi va kerakli ma’lumotlarni bir joydan topishingiz mumkin:
— maktabimiz haqida ma’lumotlar;
— o‘quvchilarimizning yutuq va muvaffaqiyatlari;
— eng so‘nggi yangiliklar va tadbirlar;
— fotogalereya;
— maktab hayoti va faoliyatiga oid boshqa ma’lumotlar.
Eng muhimi, saytdagi sun’iy intellekt yordamchisi orqali maktab va ta’limga oid savollaringizga tezkor javob olishingiz mumkin. Uni sahifaning pastki o‘ng burchagidagi tugma orqali ochasiz.
Biz bilan birga bo‘ling va maktabimiz hayotidan doimo xabardor bo‘ling!