Yangi O‘zbekiston Universitetining davlat granti — Baxodirov Muhammadamin
11-sinf o‘quvchisi Baxodirov Muhammadamin Yangi O‘zbekiston Universitetida o‘qish uchun 168 000 000 so‘mlik davlat granti sohibiga aylandi.
Maktabimizning 11-sinf o‘quvchisi Baxodirov Muhammadamin o‘zining chuqur bilimi va yuksak salohiyati bilan yana bir muhim yutuqqa erishdi.
U Yangi O‘zbekiston Universitetida o‘qish uchun 168 000 000 so‘m miqdoridagi davlat granti sohibiga aylandi. SAT xalqaro imtihonining matematika bo‘limidagi natijasi va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgani asosida Muhammadamin universitetning Dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishiga tavsiya etildi va 4 yillik davlat granti talabgori bo‘ldi.
Bu natija — uning tinimsiz mehnati, intilishi va bilimga bo‘lgan yuksak ishtiyoqining yorqin ifodasidir.
Muhammadaminni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz. Uning muvaffaqiyati barcha o‘quvchilarimiz uchun ibrat bo‘lib xizmat qiladi.