Burxonova Me’rojixon “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Maktabimiz ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Burxonova Me’rojixon O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Ustozimizga yuksak muvaffaqiyatlar, sog‘liq va oilaviy baxt tilaymiz.
Maktabimiz ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi Burxonova Me’rojixon bugun O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Ushbu e’tirof ustozimizning ta’lim-tarbiya sohasidagi fidokorona mehnati, yosh avlodga bilim berish yo‘lidagi sa’y-harakatlari hamda mamlakatimiz ravnaqiga qo‘shayotgan munosib hissasining yuksak ifodasidir.
Ustozimizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va yangi yutuqlar tilaymiz!
E’tirofingiz bardavom, mehnatingiz samarali, shogirdlaringiz kamoli doimo quvonchingiz bo‘lsin!