Yutuqlar editMaktab matbuot xizmati

Munosib natija: IRN respublika olimpiadasida bronza medal

Munosib natija: IRN respublika olimpiadasida bronza medal

5-sinf o‘quvchisi Valijonov Shohruzbek IRN respublika matematika va ingliz tili olimpiadasining final bosqichida bronza medal va qimmatbaho sovrin bilan taqdirlandi.

Maktabimizning 5-sinf o‘quvchisi Valijonov Shohruzbek IRN respublika matematika va ingliz tili olimpiadasi (IRN Republic Mathematics and English Olympiad 2026) final bosqichida munosib ishtirok etib, bronza medal hamda qimmatbaho sovrin bilan taqdirlandi.

Ushbu yutuq — o‘quvchimizning bilimi, izlanishi, tirishqoqligi va o‘z ustida tinimsiz ishlashining yorqin natijasidir.

Maktab ma’muriyati Shohruzbekni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi hamda uning ta’lim-tarbiyasiga hissa qo‘shib kelayotgan ustozlari va ota-onasiga minnatdorlik bildiradi. Bugungi yutuq kelajakdagi ulkan zafarlar uchun mustahkam poydevor bo‘lsin!

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.