Maktabimiz o‘quvchisi CanSat musobaqasida 3-o‘rin oldi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Andijon filiali o‘quvchisi Faxriddin Komiljonov 5-xalqaro CanSat musobaqasida 3-o‘rinni egalladi. Bu yutuq maktabimizning ilm-fan sohasidagi salohiyatini ko‘rsatadi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Andijon filiali o‘quvchisi Komiljonov Faxriddin O‘zbekkosmos va ICESCO hamkorligida O‘zbekistonda o‘tkazilgan 5-xalqaro CanSat musobaqasida faxrli 3-o‘rinni egalladi!
CanSat 2026 — maktab o‘quvchilari va talabalar uchun mo‘ljallangan xalqaro ta’limiy va muhandislik musobaqasi bo‘lib, unda ishtirokchilar oddiy gazli ichimlik bankasi (0,33 litr) hajmiga teng kichik sun’iy yo‘ldosh maketini loyihalashtiradi, dasturlaydi va yig‘adi.
Musobaqaning final bosqichiga butun dunyodan atigi 16 ta jamoa saralab olingan bo‘lib, ularning aksariyatini universitet talabalari tashkil etgan. Ana shunday kuchli raqobat muhitida Faxriddin Komiljonov o‘zining bilim va muhandislik salohiyatini namoyon etib, universitet talabalari bilan munosib bellashdi va faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Quyidagi videolavhada Faxriddin Komiljonov bilan o‘tkazilgan intervyu hamda uning CanSat 2026 loyihasi raketasining parvoz jarayonidan olingan videotasvirlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Ushbu yutuq yoshlarning ilm-fan, kosmik texnologiyalar va muhandislik sohasidagi salohiyati yuksalib borayotganining yorqin namunasidir.
Faxriddin Komiljonovni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz! Kelgusi izlanishlarida yanada katta zafarlar tilaymiz!