Maktab yangiliklari editMaktab matbuot xizmati

Maktabimizga xush kelibsiz, aziz bolajonlar!

Maktabimizga xush kelibsiz, aziz bolajonlar!

2026-2027-o'quv yilida 5-sinfga qabul qilingan o'quvchilar bilan samimiy davra suhbati o'tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialida 2026–2027-o‘quv yilida 5-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar bilan “Maktabimizga hush kelibsiz, aziz bolajonlar!” nomli samimiy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda maktab direktori R.Abduraximov hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.Isajonov ishtirok etib, yangi o‘quvchilarni maktab jamoasi nomidan samimiy kutib oldilar.

Davra suhbati davomida o‘quvchilar bilan savol-javoblar, tanishuv va samimiy muloqotlar o‘tkazildi. Shuningdek, bolajonlar maktabning ichki tartib-qoidalari, kun tartibi, ta’lim jarayoni va maktab hayoti bilan yaqindan tanishtirildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarning qiziqishlari tinglanib, ularni yangi muhitga tezroq moslashishi, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirish hamda maktab jamoasiga faol qo‘shilishlari uchun zarur tavsiyalar berildi.

Samimiy suhbat, quvnoq kayfiyat va iliq taassurotlarga boy o‘tgan uchrashuv 5-sinf o‘quvchilari uchun maktabdagi yangi va unutilmas bosqichning chiroyli boshlanishi bo‘ldi!

Maktabimizga xush kelibsiz, aziz bolajonlar!

Fotolavha

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.