Yutuqlar editMaktab matbuot xizmati

Muddati oldin talaba bo‘ldi

Muddati oldin talaba bo‘ldi

Ortiboyev Abdullox 189 ball to‘plab, maktabni tamomlashidan avval talabalikga qabul qilindi. U tarix, matematika, o‘zbek tili va ingliz tilidan yuqori baholar oldi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialining 11-sinf o‘quvchisi Ortikboyev Abdullox o‘zining yuqori natijasi bilan yana bir bor maktabimiz faxriga aylandi!

Abdullox 189 ball to‘plab, maktabni tamomlashidan avval talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi!

Uning yuqori natijasiga quyidagi sertifikatlar muhim zamin yaratdi:

Tarix fanidan — A daraja
O‘zbek tili va adabiyoti fanidan — B daraja
Matematika fanidan — A+ daraja
Ingliz tilidan — B2 daraja

Bu yutuq — o‘quvchining izlanishi, tinimsiz mehnati va ustozlarining fidokorona mehnati samarasi!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filiali Abdulloxning bilim olishida munosib hissa qo‘shgan barcha ustozlariga hamda farzandining ta’lim-tarbiyasini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ota-onasiga samimiy minnatdorlik bildiradi.

Abdullox, sizni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi ta’lim yo‘lingizda bundan-da yuksak marralarni zabt etishingizni tilaymiz!

Fotolavha

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.