Muddatidan oldin talaba bo‘ldi: G‘ofurboyev Shamshodbek
11-sinf o‘quvchimiz G‘ofurboyev Shamshodbek 189 ball to‘plab, maktabni tamomlashidan avval talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Bunga tarix, o‘zbek tili va adabiyoti, matematika hamda ingliz tilidan olgan sertifikatlari zamin yaratdi.
Maktabimizning 11-sinf o‘quvchisi G‘ofurboyev Shamshodbek o‘zining yuqori natijasi bilan maktabimiz faxriga aylandi!
Shamshodbek 189 ball to‘plab, maktabni tamomlashidan avval talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi!
Uning yuqori natijasiga quyidagi sertifikatlar muhim zamin yaratdi:
Tarix fanidan — B daraja
O‘zbek tili va adabiyoti fanidan — B daraja
Matematika fanidan — A daraja
Ingliz tilidan — B2 daraja
Bu yutuq — o‘quvchining izlanishi, tinimsiz mehnati va ustozlarining fidokorona mehnati samarasi!
Maktabimiz Shamshodbekning bilim olishida munosib hissa qo‘shgan barcha ustozlariga hamda farzandining ta’lim-tarbiyasini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ota-onasiga samimiy minnatdorlik bildiradi.
Shamshodbek, sizni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi ta’lim yo‘lingizda bundan-da yuksak marralarni zabt etishingizni tilaymiz!
Bugungi yutuq — ertangi katta marralarning boshlanishidir!