Maktab yangiliklari
editMaktab matbuot xizmati
Xalqaro olimpiada sovrindori o‘quvchimiz taqdirlandi
Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro matematika olimpiadasi kumush medali sohibi, 11-sinf o‘quvchisi Saidislombek Adxamov viloyat boshqarmasi tomonidan taqdirlandi.
17-sentabr kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i U. Shukurov xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda maktabimizning 11-sinf o‘quvchisi Saidislombek Adxamov — Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro matematika olimpiadasi kumush medali sohibi taqdirlandi.
Boshqarma boshlig‘i yoshlarni yutuqlari bilan tabriklab, fan olimpiadalari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi safida andijonlik o‘quvchilar yanada ko‘payishi zarurligini ta’kidladi.