Yotoqxonamiz o'quvchilari yangi o'quv yiliga qaytdi
2026-2027-o'quv yili munosabati bilan maktab yotoqxonasida istiqomat qiluvchi o'quvchilar maktabga qaytdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filialida 2026–2027-o‘quv yili munosabati bilan maktab yotoqxonasida istiqomat qiluvchi o‘quvchilar maktabga qaytib, o‘z xonalariga joylashtirildi.
Jarayon maktab direktori R.Abduraximov boshchiligida tarbiyachi-pedagoglar ishtirokida tashkiliy tarzda olib borildi. O‘quvchilarning xonalarga joylashishi, yashash sharoitlari va yotoqxonadagi tartib-intizom masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olayotgan o‘quvchilar uchun yotoqxonada qulay va samimiy muhit yaratish, ularning ta’lim olishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi marralar va yangi g‘alabalar sari ilk qadam!