E’tirof – mehnatga berilgan yuksak baho
Maktab psixologi S. Xamraboyeva va ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Burxonova Me’rojixon “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Maktab direktori R. Abduraximov ularni samimiy muborakbod etdi.
Maktabimizda fidoyi va jonkuyar ustozlarimizning mehnatlari munosib e’tirof etildi.
Maktab psixologi S. Xamraboyeva hamda ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Burxonova Me’rojixon ustozlarimiz “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimida maktab direktori R. Abduraximov so‘zga chiqib, ustozlarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etdi va kelgusidagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladi.
Ayniqsa, ustozlarimiz uchun ushbu taqdirlovning surpriz tarzida tashkil etilgani quvonchli va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.