Yutuqlar editMaktab matbuot xizmati

Ustozimiz “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Ustozimiz “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Burxonova Me’rojixon Andijon shahri bo‘yicha “Yil o‘qituvchisi” tanlovining yagona g‘olibi deb topildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Maktabimizning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Burxonova Me’rojixon ushbu tanlovda Andijon shahri bo‘yicha yagona g‘olib deb topildi.

Joriy yilda ilk bor o‘tkazilgan tanlov sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak e’tirofi hamda pedagoglarga ko‘rsatilgan munosib rag‘batdir. Tanlovda 208 ta tuman va shahar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarning har biri bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari — 616 million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, ustozimiz Andijon MTRKning “Andijon nafasi” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi. Davra suhbatida ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitish, yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Maktab jamoasi ustozimizni samimiy tabriklaydi va kelgusi kasbiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaydi.

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.