← Barcha tadbirlar
Futbol turniri: jasorat, birdamlik va g‘alaba
event29.09.2026
location_onMaktab sport maydoni
Maktabimizda jismoniy madaniyat o‘qituvchisi Q. Axmedov boshchiligida o‘quvchilar o‘rtasida futbol turniri tashkil etildi.
Musobaqa davomida o‘quvchilar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar o‘quvchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.
Sport — sog‘lom avlod, mustahkam iroda va yuksak marralar sari yo‘l!