← Barcha tadbirlar

Kitob — eng qadrli tuhfa

event05.10.2026 location_onMaktab binosi
Kitob — eng qadrli tuhfa

Maktabimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘quvchilarni mutolaaga keng jalb etish va maktab kutubxonasi fondini boyitish borasida ezgu tashabbuslar davom etmoqda.

Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi Burxonova Me’rojixon tomonidan maktab kutubxonasiga turli mazmundagi qimmatli kitoblar sovg‘a qilindi.

Ustoz tomonidan taqdim etilgan kitoblar maktab direktori R. Abduraximov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov, maktab kutubxonachisi hamda ustozlar ishtirokida maktab kutubxonasiga topshirildi.

Bunday ezgu tashabbus o‘quvchilar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ustozimiz Burxonova Me’rojixonga maktab jamoasi nomidan samimiy minnatdorlik bildiramiz!

Kitob ulashgan inson — ilm va ma’rifat ulashgan insondir.

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.