Ustozga ehtirom — ulug‘ qadriyat
Maktabimizda maktab psixologi S. Xamraboyeva boshchiligida o‘quvchilar ishtirokida “Ustozga ehtirom” mavzusida samimiy va ko‘tarinki ruhdagi tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar ustozlarini maktab eshigi oldida kutib olib, ularga o‘zlarining samimiy hurmat va ehtiromlarini namoyon etdilar.
Ayniqsa, o‘quvchilar tomonidan ustozlarning ismlari ularning go‘zal fazilatlari, insoniy xislatlari va kasbiy mahoratiga mos ta’riflar bilan birlashtirilib, maktab hududida o‘ziga xos tarzda joylashtirildi.
O‘quvchilar maktabdagi barcha ustozlarning ismlarini izlab topish, ularning fazilatlarini eslash va bir-biriga ulashish jarayonida katta qiziqish va quvonch bilan ishtirok etdilar.
Ushbu samimiy jarayon o‘quvchilarda ustozlarga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlab, ustoz mehnatini qadrlash, uning fazilatlarini e’zozlash va minnatdorlik bildirish tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi.
Zero, ustozga bo‘lgan ehtirom — ilmga, tarbiyaga va kelajakka bo‘lgan ehtiromdir!