← Barcha tadbirlar
11-sinf o‘quvchilarining loyiha taqdimoti
event07.09.2026
location_onMaktab binosi
Maktabimizda 11-sinf o‘quvchilari tomonidan loyiha ishi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ziyoiddinov Fazliddin va Nurmuhammedov Abbosbek “To‘garaklar reytingi” nomli loyihani ishlab chiqdilar. Loyiha orqali o‘quvchilar to‘garaklarda ishtirok etib ball to‘plashlari, o‘z natijalarini kuzatib borishlari va reytingdagi o‘rnini ko‘rishlari mumkin.
Taqdimotni maktab rahbariyati kuzatib, o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari bilan yaqindan tanishdi.