← Barcha tadbirlar

Navbatdagi pedagogik kengash bo‘lib o‘tdi

event09.11.2026 location_onMaktab yig‘ilishlar zali
Navbatdagi pedagogik kengash bo‘lib o‘tdi

Maktabimizda 2026–2027 o‘quv yilining 2-sonli navbatdagi pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida maktab faoliyatining muhim yo‘nalishlari, o‘quv-tarbiya jarayonlari hamda o‘quvchilar bilimini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
— maktab direktori R. Abduraximovning o‘quvchilarda mustaqil ilmiy tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, respublika va xalqaro olimpiadalarga hamda fan olimpiadasining 3-bosqichiga tayyorgarlik holati, 1-chorak yakunlari, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan individual ishlashni tashkil etish haqidagi axboroti;
— o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzi talablariga rioya etishi, tanlov va musobaqalar natijalari hamda sinf rahbarlari faoliyati tahlili;
— 9–11-sinf o‘quvchilarining til bilishi bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar, shuningdek, aniq, tabiiy va umumta’lim fanlaridan bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikatlarni olish masalalari.

Pedagogik kengash yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida tegishli vazifalar belgilab olindi.

Bir maqsad — sifatli ta’lim va yuksak natijalar!

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.