← Barcha tadbirlar
2-chorakning ilk Speech Time tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi
event10.11.2026
location_onMaktab binosi
Maktabimizda 2-chorakning ilk Speech Time tadbiri tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng 8-sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan quvnoq o‘yinlar, qiziqarli shartlar va ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi chiqishlar tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.
Tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov o‘quvchilarni yangi chorak bilan samimiy tabriklab, ularga o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, maktab direktori R. Abduraximov boshchiligida «Nauka 0+» xalqaro festivalida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar taqdirlandi.
Yangi chorak — yangi imkoniyatlar, yangi marralar va yangi muvaffaqiyatlar!