← Barcha tadbirlar

“Nauka 0+” — xalqaro fan festivali maktabimizda!

event02.11.2026 schedule10:00 location_onMuhammad al-Xorazmiy maktabi Andijon filiali
“Nauka 0+” — xalqaro fan festivali maktabimizda!

Maktabimizda “Nauka 0+” xalqaro fan festivali yuqori saviyada tashkil etildi.

Festival maktab direktori R. Abduraximov boshchiligida, “Nauka 0+” xalqaro fan festivalining Andijon viloyati koordinatori A. To‘lanov hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov tomonidan tashkil etildi.

Andijon viloyatidagi turli maktablardan tashrif buyurgan ustoz va o‘quvchilar maktabimizda mehmon bo‘lib, dastlab ro‘yxatdan o‘tish jarayonidan o‘tdilar. Shundan so‘ng ishtirokchilar ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktabi faoliyati hamda ta’lim platformalari bilan yaqindan tanishdilar.

Festivalning navbatdagi qismida mehmonlar kimyo va fizika fanlari xonalariga tashrif buyurib, kimyoviy elementlar, turli reaksiyalar hamda fizik hodisalarga oid qiziqarli tajriba va ko‘rgazmali namoyishlarni tomosha qildilar.

Shuningdek, maktabimiz robototexnika fani o‘qituvchisi N. Ro‘ziyev tomonidan tayyorlangan robototexnika yo‘nalishidagi taqdimot Faollar zalida namoyish etildi. Unda ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar, robototexnika va yoshlarning innovatsion g‘oyalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Festival yakunida maktabimizga tashrif buyurgan o‘quvchilar va ularning ustozlari tashakkurnoma hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Tadbir so‘ngida maktab direktori R. Abduraximov so‘zga chiqib, festivalda ishtirok etgan barcha mehmonlarga, ustozlarga va o‘quvchilarga tashriflari hamda faol ishtiroklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“Nauka 0+” — ilm-fan, kashfiyot va innovatsiyalar sari qo‘yilgan muhim qadam!

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.