11-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan yig‘ilish
Maktabimizda 11-sinf o‘quvchilarining ota-onalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda maktab rahbariyati, sinf rahbari va fan o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Maktab direktori R. Abduraximov boshchiligidagi yig‘ilishda o‘quvchilarning ta’lim olishi, fanlarni o‘zlashtirishi, kelgusidagi rejalari hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorgarligi muhokama qilindi.
Maktab maslahatchisi F. Qodirova ota-onalarga kasb tanlash, o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlarini to‘g‘ri aniqlash, oliy ta’lim muassasasini tanlash hamda universitetga hujjat topshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ota-onalarning fikrini o‘rganish uchun so‘rovnoma ham o‘tkazildi.
Yig‘ilish yakunida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga maktab rahbariyati, sinf rahbari va fan o‘qituvchilaridan javob oldilar.