← Barcha tadbirlar

“Omad — ko‘p urinishlar natijasi”: Andijon Business Leaders vakili bilan uchrashuv

event06.10.2026 location_onMaktab yig‘ilishlar zali
“Omad — ko‘p urinishlar natijasi”: Andijon Business Leaders vakili bilan uchrashuv

Maktabimizda maktab maslahatchisi F. Qodirova boshchiligida Andijon Business Leaders (ABL) vakili bilan o‘quvchilar uchun mazmunli va ilhomlantiruvchi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv mehmoni Sarvarbek Hurulbayev o‘zining xalqaro tajribasi, ta’lim va tadbirkorlik yo‘lidagi izlanishlari hamda hayotiy tajribalari bilan o‘quvchilar bilan o‘rtoqlashdi.

Suhbatning asosiy mavzusi — “Omad — ko‘p urinishlar natijasi”. Muvaffaqiyat ortida tinimsiz mehnat, qat’iyat, xatolardan saboq olish va har safar yana bir bor urinib ko‘rish kabi muhim qadriyatlar borligi ta’kidlandi.

Samimiy muloqot, ochiq suhbat va hayotiy misollarga boy uchrashuv o‘quvchilarda katta maqsadlar sari dadil qadam tashlash, o‘z ustida ishlash va imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun katta motivatsiya uyg‘otdi.

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.