ChSB oldidan motivatsion trening
Maktabimizda 5-sinf o‘quvchilari uchun ChSB imtihonlari oldidan motivatsion trening o‘tkazildi.
Maktab psixologi S. Xamraboyeva tomonidan tashkil etilgan treningning asosiy maqsadi o‘quvchilarning imtihon oldidan hayajonini kamaytirish, ruhiy holatini barqarorlashtirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda imtihonlarga ko‘tarinki kayfiyatda tayyorlanishiga yordam berishdan iborat bo‘ldi.
Qiziqarli va ijodiy topshiriqlar, rang-barang varaqlar hamda samimiy muhit orqali o‘quvchilar o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etdilar, kayfiyatlarini ko‘tarib, ijobiy energiyaga ega bo‘ldilar.
Trening o‘quvchilar uchun nafaqat foydali mashg‘ulot, balki unutilmas va quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi. Zero, xotirjamlik, o‘ziga ishonch va ko‘tarinki kayfiyat — muvaffaqiyatli imtihonning muhim omillaridir!