← Barcha tadbirlar
“Direktor kubogi” futbol musobaqasi
event10.09.2026
location_onMaktab sport maydoni
Maktabimizda o‘quvchilar o‘rtasida “Direktor kubogi” futbol musobaqasiga tantanali ravishda start berildi. Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Tadbirda maktab direktori R. Abduraximov va direktor o‘rinbosari K. Isajonov ishtirok etib, jamoalarni musobaqa boshlanishi bilan tabrikladilar.
O‘quvchilarga musobaqa davomida sport madaniyatini saqlash, raqib jamoaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va halol bellashish muhimligi alohida ta’kidlandi.