← Barcha tadbirlar
“El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv
event15.10.2026
location_onAndijon shahridagi Prezident maktabi
Maktabimizning bitiruvchi o‘quvchilari Andijon shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari bilan uchrashdilar.
Jamg‘arma vakillari o‘quvchilarga xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari, xalqaro grantlar, stipendiyalar hamda istiqbolli kadrlarni tayyorlash yo‘nalishlari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berdilar.
Ushbu uchrashuv o‘quvchilarning xalqaro ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishi hamda kelajakdagi maqsadlarini belgilashida muhim ahamiyat kasb etdi.