← Barcha tadbirlar

“Fito bar” — sog‘lom muhit sari yana bir qadam

event07.10.2026 location_onMaktab binosi
“Fito bar” — sog‘lom muhit sari yana bir qadam

Maktabimizda maktab psixologi S. Xamraboyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan “Fito bar” burchagi maktab rahbariyatiga taqdim etildi.

Taqdimotda maktab direktori R. Abduraximov hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov ishtirok etdilar. Maktab psixologi “Fito bar” burchagining maqsadi, mazmuni va o‘quvchilar uchun yaratiladigan qulayliklar haqida ma’lumot berdi.

Taqdimotdan so‘ng rahbariyat vakillari bilan choy ustida samimiy suhbat bo‘lib, maktabda sog‘lom psixologik muhitni yanada mustahkamlash, o‘quvchilar farovonligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida fikr almashildi.

Sog‘lom muhit — sog‘lom fikr va yuksak natijalar garovidir!

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.