← Barcha tadbirlar

“Yuksak huquqiy madaniyat — demokratik jamiyat poydevori” davra suhbati

event23.09.2026 location_onMaktab binosi
“Yuksak huquqiy madaniyat — demokratik jamiyat poydevori” davra suhbati

O‘quvchilarning huquqiy bilim va madaniyatini yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda huquq va majburiyatlari haqidagi tushunchalarini boyitish maqsadida “Yuksak huquqiy madaniyat — demokratik jamiyat poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov boshchiligida, maktab kutubxonachisi Z. Soliyeva hamkorligida o‘tkazildi.

Davra suhbatida huquqiy madaniyat, qonun ustuvorligi, fuqarolik mas’uliyati, inson huquq va erkinliklari kabi mavzularda fikr almashildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, suhbatda faol ishtirok etdilar.

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.