← Barcha tadbirlar
“Imperial Brass” ijodiy jamoasi maktabimiz mehmoni
event17.09.2026
location_onMaktab binosi
O‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish hamda ularning san’at va musiqaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida maktabimizda madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida Sherali Jo‘rayev nomidagi Musiqa va san’at oliy maktabining “Imperial Brass” ijodiy guruhi maktabimizga tashrif buyurdi. Jamoaga guruh rahbari, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Akmaljon Sattorov boshchilik qildi.
Jonli ijrolar va musiqiy chiqishlar o‘quvchilarga ko‘tarinki kayfiyat hamda unutilmas taassurotlar ulashdi. Tadbirda maktab direktori R. Abduraximov, direktor o‘rinbosari K. Isajonov va maktab jamoasi ishtirok etdi.