← Barcha tadbirlar
“Kelajak soati” — ma’naviyat va ma’rifat sari muhim qadam
event12.10.2026
location_onMaktab sinfxonalari
Maktabimizda yangi haftaning ilk dars soati — “Kelajak soati” mashg‘ulotlari barcha sinflarda tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, yuksak maqsadlar sari intilish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
“Kelajak soati” yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning hayotiy qarashlarini boyitish va kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’naviyatli avlod — yurt kelajagining mustahkam poydevori!