Kichik qizlar bellashuvi – go‘zallik, zukkolik va iqtidor bayrami
Maktabimizda 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan kichik qizlar o‘rtasida ko‘tarinki ruhda, qiziqarli va unutilmas bellashuv tashkil etildi.
Tarbiyachi pedagog M. Adixamjonova boshchiligida o‘tkazilgan mazkur bellashuvda qizaloqlar o‘zlarining zukkoligi, chaqqonligi, ijodkorligi, odob-axloqi hamda turli yo‘nalishlardagi iste’dodlarini namoyon etdilar.
Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zaro do‘stona raqobat muhitida bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Tadbir qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish hamda o‘zaro ahillik va do‘stlik tuyg‘ularini rivojlantirishga xizmat qildi.
Zero, har bir qizaloq — kelajak bunyodkori, mehr va go‘zallik timsolidir.