← Barcha tadbirlar

Maktab prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tdi

event21.10.2026 location_onMaktab binosi
Maktab prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tdi

Maktabimizda maktab prezidentligi uchun saylov O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Saylov ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov boshchiligida tashkil etilib, unda maktab direktori R. Abduraximov, ustozlar hamda o‘quvchilar faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, birinchi smenaga tushlik vaqtida saylovda qatnashgan o‘quvchilar o‘z faolligi, tashabbuskorligi hamda maktab hayotiga befarq emasliklarini namoyon etdilar.

Saylov jarayoni o‘z yakuniga yetdi: o‘quvchilar o‘z tanlovini amalga oshirib, maktab hayotida faol ishtirok etish hamda yetakchilikka bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

Mazkur saylov o‘quvchilarda yetakchilik, mas’uliyat, tashabbuskorlik va demokratik qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.

Kelajak yetakchilari bugun o‘z tanlovini qilmoqda!

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.