← Barcha tadbirlar
Maktab prezidentligiga nomzodlar taqdimoti
event20.10.2026
location_onMaktab yig‘ilishlar zali
Maktabimizda maktab prezidentligiga nomzodlarning taqdimoti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida nomzodlar — Abdumannopov Shoxislom va Madaminov Muxammadzoxid maktab o‘quvchilari oldida o‘z loyiha va tashabbuslarini, yangi g‘oya hamda takliflarini taqdim etdilar. Ular maktab hayotini yanada rivojlantirish, o‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va maktab muhitini yaxshilash borasidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Mazkur jarayon o‘quvchilarda yetakchilik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Saylov 21-oktabr kuni, katta tanaffus vaqtida bo‘lib o‘tdi.