← Barcha tadbirlar

Maktab vazirligi uchun nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi

event29.10.2026 location_onMaktab binosi
Maktab vazirligi uchun nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi

Maktabimizda maktab vazirliklariga nomzodlar soni ko‘p bo‘lgani sababli vazirlik lavozimlariga munosib nomzodlarni saralash maqsadida suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov hamda maktab prezidenti nomzodlar bilan suhbatlashib, ularning tashabbuskorligi, yetakchilik qobiliyati, mas’uliyati va kelgusidagi rejalari bilan tanishdilar.

Maqsad — o‘quvchilar orasidan faol, tashabbuskor va yetakchilik salohiyatiga ega yoshlarni saralab, maktab hayotida yanada faol ishtirok etishlari uchun imkoniyat yaratish.

Zero, haqiqiy yetakchi — bu nafaqat boshqaruvchi, balki yangi g‘oyalar yaratuvchi va boshqalarga o‘rnak bo‘luvchi shaxsdir!

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.