← Barcha tadbirlar
Movie Time — bilim va ixtiro sari!
event25.10.2026
location_onMaktab yig‘ilishlar zali
Maktabimizda yotoqxonada yashovchi o‘quvchilar ishtirokida navbatdagi «Movie Time» tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar «Shamolni jilovlagan bola» nomli mazmunli filmni tomosha qildilar. Film kitoblardan bilim olib, ilm-fanga qiziqishi va izlanishlari orqali ixtiro yaratishga intilgan bolaning hayotiy hikoyasini aks ettiradi.
Ushbu film o‘quvchilarni bilim olishga, kitob mutolaasiga, mustaqil fikrlashga, yangilik yaratishga va o‘z oldilariga katta maqsadlar qo‘yishga undaydi.
Zero, bilim — buyuk kashfiyotlar sari qo‘yilgan ilk qadam!