← Barcha tadbirlar
“Ona tilim — millatim faxri”: o‘quvchilar bellashuvi
event19.10.2026
location_onMaktab binosi
Maktabimizda tarbiyachi-pedagog N. Muzaffarova boshchiligida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida qiziqarli bellashuv tashkil etildi.
Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘zbekona savollar, topqirlikka chorlovchi shartlar hamda quvnoq “Pantomima” o‘yinlari orqali o‘z bilimlari, zukkoliklari va ijodkorliklarini namoyon etdilar.
Ko‘tarinki kayfiyat, samimiy muhit va do‘stona raqobat ostida o‘tgan ushbu bellashuv o‘quvchilarga nafaqat maroqli dam olish, balki ona tilimizga bo‘lgan hurmat va muhabbatlarini yanada mustahkamlash imkonini berdi.
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va o‘zligimiz timsolidir!