← Barcha tadbirlar

“Ona tilim — milliy g‘ururim”: O‘zbek tili bayrami

event21.10.2026 location_onMaktab yig‘ilishlar zali
“Ona tilim — milliy g‘ururim”: O‘zbek tili bayrami

Maktabimizda 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim — milliy g‘ururim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Olimova Mohinur boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda o‘quvchilar ona tilimizning go‘zalligi, boyligi va jozibasini tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari, she’rlar hamda raqslar namoyish etdilar. Tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.

Tadbir yakunida “Yil o‘qituvchisi” hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Burxonova Me’rojixon o‘quvchilarni til bayrami bilan samimiy tabrikladi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov ham o‘quvchilarni qutlug‘ sana bilan muborakbod etib, ona tilimizni asrab-avaylash va ravnaqiga hissa qo‘shish har birimizning muqaddas burchimiz ekanini ta’kidladi.

Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va faxrimiz!

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.