← Barcha tadbirlar

“Oy kitobi”: mutolaa va zakovat uyg‘unligi

event06.10.2026 location_onMaktab binosi
“Oy kitobi”: mutolaa va zakovat uyg‘unligi

Maktabimizda “Oy kitobi” loyihasi doirasida o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyati, dunyoqarashi va intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi.

Bellashuvda tarbiyachi-pedagoglarimiz F. Boboxonova hamda G. Oripjonova boshchiligida buyuk shoir va adib Erkin Malikning “Shaytonvachchalarning nayranglari” asari asosida qiziqarli va mazmunli savol-javoblar o‘tkazildi.

O‘quvchilar asar mazmunini qay darajada o‘zlashtirganliklarini namoyon etib, zukkolik, tezkor fikrlash va jamoaviy hamjihatlikda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuv ko‘tarinki kayfiyatda, qiziqarli va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi.

G‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlanib, ularga kitoblar sovg‘a qilindi. Zero, kitob — bilim sari yo‘l ochuvchi eng katta xazinalardan biridir!

Mutolaa qilgan avlod — fikrlaydigan, izlanadigan va kelajakni bunyod etadigan avloddir!

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.