Navbatdagi “Speech Time” — yangi haftaga ko‘tarinki kayfiyatda!
Maktabimizda an’anaga aylangan navbatdagi “Speech Time” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Shundan so‘ng maktab psixologi S. Xamraboyeva o‘quvchilarni yangi hafta bilan samimiy tabriklab, ularga o‘qishlarida muvaffaqiyat va yuqori kayfiyat tiladilar.
Navbat 9-“B” sinf o‘quvchilariga berildi. Ular tomonidan qiziqarli savol-javoblar, intellektual o‘yinlar hamda kun tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlar taqdim etildi. Ushbu chiqishlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov o‘quvchilarga odob-axloq qoidalari, muomala madaniyati hamda bir haftalik ta’til davomida o‘zlarini tutish, vaqtni mazmunli tashkil etish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish yuzasidan muhim tavsiyalar berdilar.
“Speech Time” — bilim, tarbiya, faollik va yangi g‘oyalar maydoni! Barchaga mazmunli va omadli hafta tilaymiz!