← Barcha tadbirlar
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida sayyor qabul
event07.10.2026
location_onMaktab yig‘ilishlar zali
Maktabimizda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida sayyor qabul hamda ota-onalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida iqtidorli va salohiyatli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud muammo va takliflar yuzasidan ota-onalar bilan samimiy hamda mazmunli suhbatlar olib borildi.
Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Iqtidor — e’tibor va imkoniyat bilan yuksaladi!