← Barcha tadbirlar
“Qahramonlar xotirasi — xalq qalbida” bayram tadbiri
event07.05.2026
location_onMaktab yig‘ilishlar zali
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Qahramonlar xotirasi — xalq qalbida” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida maktabimizning “Turon” teatr jamoasi tomonidan vatanparvarlik, jasorat va ajdodlar xotirasini ulug‘lovchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Mazmunli va ta’sirchan chiqishlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Bayram tadbiriga maktab direktori R. Abduraximov, direktor o‘rinbosari K. Isajonov hamda faxriy mehmonlar tashrif buyurdilar.