← Barcha tadbirlar
Qizlar – nazokat, zakovat va iqtidor timsoli
event08.10.2026
location_onMaktab binosi
Maktabimizda 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan qizlar o‘rtasida qiziqarli va mazmunli bellashuv tashkil etildi.
Bellashuvni maktab psixologi S. Xamraboyeva olib bordilar. Unda ishtirokchi qizlar o‘zlarining bilimi, topqirligi, ijodkorligi, jamoada ishlash qobiliyati va turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish mahoratini namoyon etdilar.
Bellashuv davomida:
- sahna ko‘rinishlari;
- qiziqarli savol-javoblar;
- turli vaziyatli topshiriqlar;
- jamoaviy fikrlash va muammoli vaziyatlardan chiqish bo‘yicha shartlar o‘tkazildi.