← Barcha tadbirlar

Sinf sardorlari bilan uchrashuv

event23.09.2026 location_onMaktab binosi
Sinf sardorlari bilan uchrashuv

Maktabimizda sinf sardorlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov olib bordi.

Unda maktab hayotiga oid tashkiliy masalalar, o‘quvchilar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, sinfdagi muhitni yaxshilash hamda tadbirlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Sinf sardorlarining fikr va takliflari tinglanib, “O‘quvchilarimiz uchun yana nimalar qilsak bo‘ladi?” degan savol atrofida ochiq muloqot bo‘ldi. O‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va takliflarini maktab hayotiga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashildi.

Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarning faolligini oshirish va maktab jamoasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.