← Barcha tadbirlar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq — 2026” tantanasi

event25.05.2026 location_onMaktab markaziy maydoni
“So‘nggi qo‘ng‘iroq — 2026” tantanasi

2025–2026-o‘quv yilining “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan tantanali ravishda boshlandi. Maktab direktori Ravshanbek Abduraximov Prezidentimizning bitiruvchi o‘quvchilarga yo‘llagan tabrik va tilaklarini o‘qib eshittirdi.

Bayram davomida o‘quvchilar tayyorlagan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Kuy-qo‘shiqlar, she’rlar hamda sahna ko‘rinishlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Yakunida faol va iqtidorli o‘quvchilarga “E’tirof — 2026” mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.