← Barcha tadbirlar

Navbatdagi “Speech Time” tadbiri

event21.09.2026 location_onMaktab maydonchasi
Navbatdagi “Speech Time” tadbiri

Maktabimizda navbatdagi “Speech Time” tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov o‘quvchilarni yangi hafta boshlanishi bilan tabriklab, ularga o‘qishlarida omad tiladi hamda hafta davomida amalga oshiriladigan vazifalar va rejalardan xabardor qildi.

Tadbirning keyingi qismida 11-B sinf o‘quvchilari tayyorlagan qiziqarli savol-javoblar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, matematika va fizika fanlari bo‘yicha maktab bosqichida yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar e’tirof etildi. 11-A sinf o‘quvchisi Adxamov Saidislombekning yutuqlari alohida qayd etilib, u Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan taqdim etilgan noutbuk bilan taqdirlandi.

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.