← Barcha tadbirlar
Speech Time — yangi hafta, yangi marralar!
event26.10.2026
location_onMaktab binosi
Maktabimizda navbatdagi Speech Time tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Tadbir davomida maktab direktori R. Abduraximov hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov ChSB boshlanishi arafasida barcha o‘quvchilarga omad tilab, ularga imtihonlarda muvaffaqiyat va yuksak natijalar yor bo‘lishini istadilar.
Shundan so‘ng tadbirni 9-«A» sinf o‘quvchilari davom ettirib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi qiziqarli va quvnoq o‘yinlar tashkil etdilar.
Har bir yangi hafta — yangi imkoniyat, har bir imtihon esa bilim va salohiyatni namoyon etish uchun yana bir qadamdir!